nonbook
O‘zbekcha

Novvoyxonalar uchun

Non, qarz va kuryerlar hisobi — bitta telefonda

Qaysi do'konga qancha non berildi, kim qancha qarz, kuryer qo'lida qancha pul — hammasi aniq va saqlanib turadi. Daftar kerak emas.

  • Hech narsa o'rnatish shart emas
  • Internet bo'lmasa ham yozadi
  • Ulab, o'rgatib beramiz

Daftar bilan qancha vaqt va pul ketyapti?

Har kuni yuzlab non, o'nlab do'kon va bir nechta kuryer. Bir xato — yo'qolgan pul.

Daftarda nonbook
Do'kon qarzi Sahifalarni varaqlab, qo'lda qo'shasiz. Do'kon «to'laganman» desa — isbot yo'q. Har bir do'kon qarzi doim tayyor. Har bir non va to'lov sanasi, vaqti va kim yozgani bilan.
Kuryerdagi pul Kechqurun «kimdan qancha oldim» deb eslash, ko'pincha chiqmaydi. Har kuryer qo'lidagi pul ko'rinib turadi. Topshirganda bir tugma bilan qabul qilasiz.
Kun yakuni Kalkulyator bilan bir soat. Sotuv, olingan pul, xarajat va kassa — o'zi hisoblanadi.
Xato yoki o'chirish Ustidan chizilgan raqam — kim, qachon o'zgartirgani noma'lum. Hech narsa izsiz o'chmaydi: har bir o'zgarish tarixda qoladi.

Novvoyxonaga kerak bo'lgan hamma narsa

Ortiqcha narsa yo'q. Kuryer ham, egasi ham birinchi kuniyoq tushunib oladi.

Non berish — 10 soniyada

Do'konni tanlaysiz, sonini kiritasiz — summa o'zi chiqadi. Qaytgan non ham shu yerda yoziladi.

Har bir do'kon hisobi

Qarz, to'lovlar va hamma yetkazishlar bir sahifada. Hisobni do'kon egasiga Telegram orqali yuborasiz.

Kuryerlar nazorati

Har kuryer o'z telefonida, o'z PIN kodi bilan ishlaydi. Kim, qachon, nima yozgani ko'rinadi.

Kunlik, oylik, yillik hisobot

Sotuv, qaytgan non, olingan pul, xarajat va eng ko'p qarzdorlar — istalgan davr uchun.

Internet yo'q joyda ham

Yozuv telefonda saqlanadi va aloqa tiklanishi bilan o'zi yuboriladi. Hech narsa yo'qolmaydi.

Muhim signallar

Do'kon qarzi chegaradan oshsa, do'konga uzoq borilmasa yoki kuryerda pul ko'payib qolsa — xabar keladi.

O'zbekcha (lotin va kirill), ruscha va inglizcha. Telefonda ham, kompyuterda ham.

Oddiy va tushunarli

Katta tugmalar, aniq raqamlar. Ko'zoynaksiz ham o'qiladi.

Kunlik sahifa: berilgan non, olingan pul, kuryerlardagi pul va do'konlar qarzi
KunlikBugun nima bo'ldi — bir qarashda
Non berish formasi: non turlari, soni va summa
Non berishSoni kiritiladi, summa o'zi chiqadi
Do'kon sahifasi: qarz, to'lovlar va yetkazishlar tarixi
Do'kon hisobiQarz va har bir yozuv tarixi

Bizdan foydalanayotgan novvoyxonalar

1 ta novvoyxona har kuni nonbook bilan ishlaydi. Belgini bosing — novvoyxona haqida ma'lumot chiqadi.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Yoki qo'ng'iroq qilasiz. Biz siz bilan bog'lanib, ishingizni so'rab bilamiz.

  2. 2

    Birga sozlaymiz

    Novvoyxonangizni ochamiz, non turlari, narxlar va do'konlarni daftardagi eski qarzlari bilan kiritamiz.

  3. 3

    Daftarsiz ishlaysiz

    Kuryerlarga havola yuborasiz — ular o'z telefonidan kiradi. Ertasi kundan hammasi ilovada.

Narx

Bitta yo'qolgan qarz butun yillik to'lovdan qimmatga tushadi.

Birinchi 30 kun — bepul
100 000so'm / oy

Yillik to'lov: 1 000 000 so'm — 200 000 so'm tejaysiz

  • Kuryer va do'konlar soni cheklanmagan
  • Barcha imkoniyatlar: hisobot, signallar, tarix
  • Ulab berish va o'rgatish — bepul
  • Savol bo'lsa — telefon yoki Telegram orqali yordam
Bepul boshlash

Sinov muddatida to'lov olinmaydi. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz.

Ko'p beriladigan savollar

Telefonga nima o'rnatish kerak?

Hech narsa. nonbook brauzerda ochiladi — Android'da ham, iPhone'da ham. Xohlasangiz, bosh ekranga ikonkasini qo'shib, oddiy ilova kabi ochasiz.

Internet yo'q joyda ishlaydimi?

Ha. Non berish, to'lov va xarajat telefonga yozib qo'yiladi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi. Oxirgi ochilgan sahifalar ham internetsiz ko'rinadi.

Kuryer yozuvni o'chirib yuborsa-chi?

Yozuvlar o'chirilmaydi — faqat sababi bilan bekor qilinadi va tarixda qoladi. Kuryer faqat o'sha kuni tuzata oladi, kim nimani o'zgartirgani egasiga ko'rinadi.

Daftardagi eski qarzlar nima bo'ladi?

Do'konni qo'shayotganda uning hozirgi qarzi kiritiladi. Shundan keyin hisob ilovada davom etadi.

Ma'lumotlarimni kim ko'radi?

Faqat siz va siz qo'shgan kuryerlar. Har kim o'z telefon raqami va PIN kodi bilan kiradi. Telefon yo'qolsa ham ma'lumotlar serverda saqlanib qoladi.

Sinov muddatidan keyin nima bo'ladi?

Yoqsa — oylik yoki yillik to'lovni tanlaysiz. Yoqmasa — shunchaki to'xtatasiz, hech qanday majburiyat yo'q.

Ariza qoldiring

Tez orada qo'ng'iroq qilib, savollaringizga javob beramiz va novvoyxonangizni ulaymiz.

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.